Traktor va avtomobillar

Amonov Mansur Ochilovich

Kafedra mudiri, dotsent

Tel.: (998 71) 237 2534

Email: m.amonov@tiiame.uz

 

 


Traktorlar va avtomobillar kafedrasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibida ish boshlagan dastlabki kafedralardan biri, kafedra 1934 yilda tashkil etilgan. Dastlabki yillarda kafedra tarkibida 4 ta o‘quv laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik Traktor va avtomobillar kafedrasi negizida Ichki yonuv dvigatellari va Issiqlik texnikasi kafedralari tashkil etilgan.2004 yilda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti Toshkent davlat agrar universitetiga o‘tkazilgandan keyin kafedra a’zolari TDAUning Qishloq xo‘jalik mashinalari, foydalanish va ta’mirlash, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash kafedralari tarkibiga qo‘shilgan.2017 yil sentyabrdan Traktorlar va avtomobillar kafedrasi yangitdan qayta tashkil qilindi. Bugungi kunda kafedrada Traktor va avtomobillar, Ichki yonuv dvigatellari, Issiqlik texnikasi va qishloq xo‘jaligida issiqlikdan foydalanish, Termodinamika va issiqlik uzatish asoslari, Yonilg‘i moylash materiallari, Yo‘l harakati qoidalari va xavfsizlik asoslari kabi fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib boriladi. Turli muddatlarda Ichki yonuv dvigatellari, Issiqlik texnikasi kafedralarini D.X.Xakimov, A.I.Keldiev, X.M.Babaev, G.G.Umarov, Traktor va avtomobillar kafedrasini A.N.Ninov, V.P.Bogdankin, N.V.Sablikov,P.A.Abduraxmonov, A.A.Karimov, X.X.Xayrullaev, A.I.Kamilov, O.U.Salimov, I.M.Marupov, Z.S.Iskandarovlar boshqarganlar, hozirgi kundakafedra mudiri lavozimida M.O.Amonov faoliyat olib bormoqda.Bugungi kunda kafedrada  dotsentlar A.I.Kamilov, I.M.Marupov, N.T.Umirov, I.R.Nuritov,  Sh.X.Abduraxmonov, K.E.Usmanov katta o‘qituvchi B.K.Tulaganov,  assistentlar E.M.G‘aniboeva, R.F.Xudoykulovlar  faoliyat ko‘rsatishmoqda. 2020-21 o‘quv yilida kafedraga professor G.G.Umarovtashabbusi bilan Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (meva-sabzavotlar bo‘yicha) bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilindi. KafedraningIchki yonuv dvigatellari, Traktor va avtomobillar shassisi tuzilishi va ishlashini, Yo‘l harakati qoidalari va xavfsizlik asoslarini o‘rgatish uchun jihozlangan o‘quv-amaliy mashg‘ulot xonalari universitetning V binosida joylashgan.Traktor va avtomobillar, Avtotraktor dvigatellariva yonilg‘i nasoslarini sinash, Issiqlik texnikasi va Yonilg‘i moylash materiallari laboratoriyalari E binoda joylashtirilgan. Laboratoriyada traktorni tortish sinovi uchun jihozlanganT-16M traktori, dvigatel sinovini o‘tkazish uchun jixozlangan D-21, 4VT-3.9 dvigatellari mavjud. Shuningdek bu yerda xarakatlanuvchi maketlar va qirqimli modellar ham mavjud. Universitet o‘quv tajriba xo‘jaligidagi talablar darajasida jixozlangan o‘quv poligonda talabalarga traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarini boshqarish bo‘yicha o‘quv amaliyoti o‘tkaziladi.Amaliyot davrida TS-130, TD5.110, TTZ LS-62 traktorlaridan foydalaniladi.

Qishloq xo'jaligini mehanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar